O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yagona portalning yangilangan va takomillashtirilgan versiyasi taqdim etildi
2020-12-29 | Texnologiyalar
Raqamlashtirish jarayonlarida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga elektron hukumatning tamoyillarini keng joriy qilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu esa, o‘z navbatida nafaqat vaqtni, mehnat va moliya harajatlarni tejashga yordam beradi, eng asosiysi, fuqarolarimiz uchun qulaylik yaratib beradi, ularga qator xizmatlarni tezkor ravishda taqdim etishga zamin yaratadi.
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). O‘tgan yillar mobaynida mazkur tizim sifati va imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.
Yagona portal foydalanuvchilari uchun yangi qulayliklar yaratish maqsadida Yagona portal takomillashtirildi va yangilangan versiyasi tayyorlandi. Ushbu versiya yangi interfeysga ega bo‘lib, navigatsiya jihatidan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratib beradi va yanada ko‘proq statistik ma’lumotlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, elektron to‘lov imkoniyatlari ham kengaytirildi.
Buning barchasi, shubhasiz, muhim ahamiyatga ega. Ularning amalga oshirilishi va joriy etilishi, o‘z navbatida, aholi uchun taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga va turmush darajasini ko‘tarishga yordam beradi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi