O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev: Men sizlarday ko‘zi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman, sizlar shunga munosibsizlar

2020-12-25 | Yoshlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga yig‘ilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi.

Toshkentdagi “Humo Arena” saroyiga kelganlar va hududlardagi ishtirokchilar o‘z fikrlarini, taklif va mulohazalarini ochiq bayon etdi.

Davlatimiz rahbari barcha dolzarb tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ular bo‘yicha mutasaddilarga shu yerning o‘zida ko‘rsatmalar berdi.

- Forum davomida sizlar bilan suhbatlashgan vazirlar menga savollaringni, fikrlaringni aytib berdi. Davlat idoralari rahbarlari yoshlarning muammolarini ota-ona bo‘lib, yuragidan o‘tkazib, tizimli shug‘ullanmagani haqiqat. Endi hamma rahbarlar yoshlarning ovozini eshitadi, talablarini amalga oshiradi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz forum davomida bildirilgan fikrlar har tomonlama tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’kidladi.

– Men sizlarga bir sirimni aytaman: hududlarga borganda ko‘proq yoshlar bilan uchrashishga, ular bilan gaplashishga harakat qilaman. Chunki men sizlarday ko‘zi yongan, yuragi yongan yoshlarni izlayman. Sizlar shunga munosibsizlar, – dedi Prezident.

Forumda “Humo Arena” saroyiga kelgan 3 ming 300, shuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

– Bugun tarixiy uchrashuvimiz. Kelinglar, bu doimiy bo‘lib qolsin. Xalqimiz mehr ko‘zda degandek, bir-birimizga mehrimiz abadiy bo‘lsin, – deya so‘zini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.

Forum ishtirokchilarining mamlakatimiz yoshlariga murojaati qabul qilindi.

Ushbu forum, Prezident bilan muloqot mamlakatimiz yoshlariga ko‘tarinki ruh, unutilmas motivatsiya bag‘ishladi. Tadbir yakunidagi konsert katta bayram shodiyonasiga aylanib ketdi.

Manba: O'zA

Поделиться