O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahrida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi

2020-12-24 | Saylov

2020-yil 27-dekabr kuni Toshkent shahar Kengashiga bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi saylov Kodeksining 20-93-moddalariga muvofiq Toshkent shahar Kengashida bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlarni Toshkent shahar saylov komissiyasi o‘tkazadi. Mazkur saylovlar pandemiya davri sharoitida bo‘lishini inobatga olgan holda, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2020 yil 26 avgustda qabul qilingan “COVID-19 pandemiyasi davrida bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” bilan tartibga solinadi.
 
Toshkent shahar Kengashiga bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari saylovlarini o‘tkazish uchun 6-Cho‘pon ota saylov okrugi, 29-Qipchoq saylov okrugi, 36- Yangiobod saylov okrugi, 52-Usta Shirin saylov okrugi, 54-Uch qahramon saylov okruglari tuzilgan va komissiya a'zolari shakllantirilgan. Mazkur okruglarning tegishli qarorlari bilan jami 73 ta saylov uchastkasi tuzilgan.
 
Toshkent shahar Kengashining bo‘shab qolgan o‘rinlari saylovida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati-O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi, O‘zbekiston Adolat sosial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi va Ekologik partiyalar ishtirok etishiga Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan ijozat berilgan.
 
Hozirgi kunda muddatdan oldin ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться