O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida ikki memorandum imzolandi

2020-12-24 | Turizm

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ziyorat turizmini rivojlantirish hamda ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Kasimov va Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov ochib berdi.  

Tadbirda shuningdek ziyorat turizmi sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, Akademiya olimlari hamda Qo‘mita vakillari ishtirok etishdi. “2018-2019 yillarda vizasiz rejim joriy etilgan Indoneziyadan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi - 170 foizga, Malayziyadan - 158 foizga, Turkiyadan – 154 foizga, BAAdan keluvchi musulmon sayyohlar soni 153 foizga oshdi. Shunisi diqqatga sazovorki, “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” (Global Muslim Travel Index) reytingida O‘zbekiston 10 pog‘ona (32-o‘rindan 22-o‘ringa) yuqorilab, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar orasida musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan “eng jozibador” hamda “xavfsizlik va bag‘rikenglik darajasi yuqori” bo‘lgan 10 mamlakat qatoridan o‘rin oldi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz “Halal Travel Frontier 2020” hisobotida islomiy merosni qayta tiklash orqali musulmonlar turizmi bozorida yangi trendga asos solgan mamlakat sifatida eʼtirof etildi”, - dedi Aziz Abduhakimov. Shu o‘rinda Rustam Kasimov yurtimiz tarixi, uning tabiati va buyuk allomalari merosidan bahramand bo‘lishni istab butun jahon mamlakatlaridan sayohatga otlanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etishini, bu esa  O‘zbekistonning jahonda o‘z imiji va mavqeini ham belgilab beradigan omillardan ekanini taʼkidladi.

“Ziyorat turizmini rivojlantirishda mavjud salohiyatdan samarali foydalanish mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilishi shubhasiz”, - deya qo‘shimcha qildi Rustam Kasimov. Tadbir doirasida Akademiya tomonidan sohada mavjud imkoniyatlardan ziyorat turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish, Akademiya binolari, konferensiya zallari va talabalar turar joylaridan xorijiy talaba va tadqiqotchilar uchun “Akademik turizm” va MDH davlatlari imomlari uchun “Imams‘ tour” maʼrifiy turlarni tashkil etishda samarali foydalanish, turizm yo‘nalishida tashrif buyurgan xorijiy tadqiqotchilar uchun Akademiyaning resurs markazi va kutubxonasidan foydalanish imkonini yaratish, Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar — Shayxontohur, To‘labek (Qaldirg‘ochbek) hamda Yunusxon maqbaralarida sayyohlarni kirib-chiqish sharoitlarini yana-da qulaylashtirish kabi takliflar bildirildi.

Aziz Abduhakimov, o‘z o‘rnida, “Al-Buxoriy” xalqaro sputnik telekanalini ochish va unda musulmon aholisi ko‘p bo‘lgan mamlakatlar tillarida O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini namoyish qilib, targ‘ibot kampaniyasini kuchaytirishni, shuningdek innovatsion muzey hamda Ziyorat turizmi markazi tashkil qilishni taklif etdi. Tadbir yakuniga ko‘ra, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur kelishuv asosida Qo‘mita mutaxassislari tomonidan Akademiya talabalari uchun malaka oshirish darslarini o‘tkazish, xalqaro miqyosdagi ekspertlar va O‘zbekistonning ziyorat turizmi elchilari ishtirokida maʼruzalar, xorijiy turfirmalar ishtirokida talabalar uchun mahorat darslari, sohaga oid qator tadbirlarni tashkil etish, hamkorlikda ilmiy va maʼrifiy loyihalarni amalga oshirishga erishiladi.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться