O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDHga a’zo-davlatlar Tashqi ishlar vazirliklarining yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasimajlisi to‘g‘risida

2020-12-23 | MDH

2020-yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi doirasida MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirliklari yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasining videokonferensaloqa shaklidagi 29-majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasidan Maslahatlashuv qo‘mitasidagi a’zolari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida tomonlar MDH doirasidagi huquqiy hamkorlikning umumiy masalalari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida tuziladigan xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha Uslubiy tavsiyalar loyihasini qayta ishlash va kelishish bo‘yicha ishchi guruh tuzish, shuningdek, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarga yuboriladigan delegatsiyalarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi Konvensiyani ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muhokama etilgan masalalar bo‘yicha bayonnoma qabul qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться