O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020-12-23 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga amaliy tashrifi doirasida 2020-yilning 21-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya ko‘p qirrali hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashinildi.
Muloqotda bo‘lib o‘tajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi natijalari hamda O‘zbekistonga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi huzurida kuzatuvchi maqomi berilishi taqdim etadigan yangi istiqbollar muhokama qilindi. Boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham kelishib olindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi