O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi

2020-12-22 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Koreya respublikasining Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Koreya respublikasining Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Anglashuv memorandumini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov va Koreya respublikasining Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vaziri Yong Chin imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Koreya Respublikasining Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligi o‘rtasida Seulda shahrida 2017-yil 22-noyabr kuni raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolangan edi Ekspertlar guruhi bilan birgalikda elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan barcha ustuvor loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishini inobatga olingan holda mazkur Anglashuv Memorandumi yuqorida keltirilgan Memorandumga qo‘shimcha sifatida imzolanadi.

Koreya ekspertlari bilan hamkorlikda, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishida ustuvor loyihalar va dasturlar ishlab chiqish, elektron hukumatni rivojlantirish rejasini birgalikda tashkil etish bilan bog‘liq konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, elektron hukumat sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish to‘g‘risida axborot almashish, davlat xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazishni tashkiliy-texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha axborot almashish, elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish, elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturidagi ustuvor qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ustuvor vazifa qilib belgilangan.

Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida umumjaxon reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallayotgan Koreya Respublikasi bilan hamkorlik, shubhasiz, yurtimiz uchun ijobiy samara ko‘rsatadi va yetakchi davlatning tajribasidan kelib chiqib ushbu yo‘nalishlarda loyihalarni samarali amalga oshirish, respublikamizni jahonda munosib o‘rinni egallash, aholimiz uchun yanada ko‘proq qulaylik yaratishda zamin bo‘ladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться