O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“TechnoWays” marafonining navbatdagi mavsumi Qoraqalpog‘istonda o‘tkaziladi

2020-12-22 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Nukus shahrida 19-dekabr kuni qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda hududdagi o‘z innovatsion, texnologik va ijtimoiy loyihalarini boshlagan, loyihalarini amalga oshirish arafasida turgan va yangi g‘oyalarni hayotga joriy etishga ishtiyoqi baland yoshlar vakillari ishtirok etdilar.
 
Loyihalar mualliflari o‘z ishlarini vazirga taqdim etarkanlar, ularning tayyor ishlanmalari, ijtimoiy ahamiyatga ega g‘oyalari amalda qo‘llanilayotganiga e'tibor qaratildi. Ushbu ishlanmalardan biri «Navbat» elektron ilovasining beta-varianti bo‘lib, uning yordamida har qanday tashkilot, muassasa va obyektlariga elektron navbat bilan yozilib kirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu qulaylik aholining vaqtini tejash bilan bir muassasalar uchun qatorda tashrifchilarning statistikani yuritish, ish rejasini tuzishda yordam beradi.
 
«Quyosh bolalari» loyihasi esa imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularni mehnatga o‘rgatish, ular uchun korreksion mashg‘ulotlar olib borish, xususan, art-terapiya, musiqa-terapiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Quvonarlisi, mikro-grant va o‘z mablag‘lari hisobiga mazkur markazni ochib, hozirda bolajonlar uchun mashg‘ulotlarni boshlab yuborishgan. Daun sindromi, autizm, nutqiy va ruhiy rivojlanishda ortda qolish, disleksiya, disgrafiya kabi kasalliklarga chalingan bolalar mazkur markazda qo‘shimcha ta'lim olishmoqda.
 
Innovatsion rivojlanish vaziri taqdimotlarni tinglab, ularni qo‘llab quvvatlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va Yoshlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafonining navbatdagi mavsumini Qoraqalpog‘istonda o‘tkazish taklifini berdi. Mazkur marafonda ishtirok etgan loyihalar tajribali mutaxassislar tomonidan takomillashtiriladi, marafon g‘oliblarining loyihalari esa moliyalashtiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться