O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalarning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

2020-12-21 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan “Geografik obyektlarning nomlarini shuningdek, jamoat joylari, ko‘chalar, binolar peshtoqidagi turli lavha va reklamalarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish masalalari muhokamasi”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida Shayxontohur tumanidagi mavjud 600 dan ortiq ko‘chalar nomlari xatlovdan o‘tkazilib ularning Davlat tili talablariga mosligi holati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra tumandagi “Obinazir” va “Ilg‘or” mahallalaridagi Sholiquloq tor ko‘chasi, “Kattahovuz” mahallasidagi Slavyanskiy torTepaboshi berkQizil tovush ko‘chalari, “Kattabog‘” mahallasidagi Kostyorniy tor ko‘chasi, “Kamolon” mahallasidagi Karshinskiy ko‘chasi, “Yangiobod” mahallasidagi Qizil tamg‘a 1, 2, 3-ko‘chalari, “Ko‘kcha Darvoza” mahallasidagi 5 ta nomsiz ko‘chalar (Eski Miltiq otar)ni ko‘chalar nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar ushbu mahallalarda yashovchi aholi va tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlaridan umumlashtirilib “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha tuman hududiy komissiyasi” yig‘ilishida muhokama etildi va xulosa olish uchun Toshkent shahar hududiy komissiyasiga kiritildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Shayxontohur tuman kengashining ikkinchi chaqiriq yigirma yettinchi sessiyasida “Davlat tilida ish yurtishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” masala muhokama etilib, sessiya qaroriga asosan Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi, tuman hokimligining yangi namunadagi rasmiy ish hujjatlari (blankalari) davlat tili talablariga mos ravishda tasdiqlanib 2021-yil 1-yanvardan yangi namunadagi rasmiy blankalardan foydalanish belgilandi.

 

A.Ro'zitoyev,
Toshkent shahar hokimining maslahatchisi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti

Поделиться