O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Imom Moturidiy xalqaro markazi va ISESCO o‘rtasida memorandum imzolandi

2020-12-20 | Madaniyat

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan «Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi: istiqboldagi rejalar» mavzusida xalqaro onlayn-anjuman tashkil etildi.

Din ishlar bo‘yicha qo‘mita maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda o‘zbekistonlik hamda xorijlik taniqli olimlar, davlat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Jumladan, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Salim al-Malik, Al-Azhar islom tadqiqotlari akademiyasi bosh kotibi Nazir Muhammad Ayyad, Islom taraqqiyot bankining fan, texnologiya va innovatsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Hayat Sindi kabi taniqli olim, mutaxassis va jamoat arboblari nutq so‘zladi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar Imom Moturidiy ilmiy merosini o‘rganish va xalqaro jamoatchilikka targ‘ib qilish sharafli va masʼuliyatli vazifa ekanini qayd etib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar yuksak baholandi.

Ishtirokchilar globallashuv jarayonida namoyon bo‘layotgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurash jarayonida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurligini taʼkidlab, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejasi ham muhokama qilindi.

— Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi dunyoning yetuk moturidiyshunos olimlari, tadqiqotchilarini birlashtiradigan, qizg‘in fikrlar muhokama qilinadigan platforma bo‘lib xizmat qiladi, — dedi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi raisi Abdug‘ofur Ahmedov. — O‘z navbatida, ushbu maskan maʼrifiy islom g‘oyalarini tarannum etadigan va bunga zamin yaratadigan maʼrifa markaziga aylanadi.

Anjuman yakunida Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) bilan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘ytcha anglashuv memorondumi imzolandi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться