O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi tadbirlari «Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!» degan g‘oya ostida o‘tkaziladi

2020-12-20 | Xavfsizlik sohasi

O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmoyishi qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Farmoyishda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish vazifalari tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Qurolli Kuchlar tishkil etilgan kunni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash, fuqarolarimizning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshiriladi.

Jumladan, hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga bag‘ishlangan vatanparvarlik oyligini 2020-yil 18-dekabrdan 2021-yil 18-yanvarga qadar o‘tkazish belgilandi. Shuningdek, oylik davomida o‘tkaziladigan harbiy-vatanparvarlik mavzuidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda ko‘rsatilgan barcha ommaviy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tavsiyalari asosida amalga oshiriladi.

Hujjatda belgilab berilgan bayram tadbirlarining «Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!» degan ustuvor g‘oya ostida tashkil etladi.

Bayram tadbirlari keng aholi katlamlarini, ayniqsa, yoshlarni jalb qilgan holda davlat va jamoat tashkilotlarida o‘tkaziladi. Bundan tashqari ta’lim muassasalarida «Mard, jasur va sadoqatli vatanparvarlarni tarbiyalash - maktabdan boshlanadi!» mavzusidagi darslar yo‘lga qo‘yiladi.

Farmoyish bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida «Eng ilg‘or serjant», «Eng ilg‘or guruh komandiri», «Eng ilg‘or vzvod komandiri», «Eng ilg‘or batalon komandiri» hamda «Eng ilg‘or brigada komandiri» nominatsiyalarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun o‘tkazilgan respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi bayrami arafasida e’lon qilinishi belgilandi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться