O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Pokiston: ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida barqarorlik va rivojlanishni mustahkamlash istiqbollari

2020-12-19 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 17-dekabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining savdo, to‘qimachilik sanoati va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul-Razzoq Dovud bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va transport-logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari hamda mintaqaviy ahamiyatga ega qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
 
Suhbat davomida o‘zaro savdo hajmini yanada oshirishga ikkala tomonning manfaatdorligi bildirildi, shu munosabat bilan imtiyozli savdo to‘g‘risidagi Bitimni tasdiqlash jarayonini tezlashtirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Transport-kommunikasiya sohasida mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning ulkan istiqbollari belgilab olindi. Xususan, “Mozori-Sharif - Kobul – Peshovar” yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qurilishining alohida ahamiyati ta'kidlandi va ushbu tashabbusni ilgari surish bo‘yicha keyingi harakatlar belgilab olindi.
 
Muzokaralar davomida ikki mamlakat avtotashuvchilarining O‘zbekiston va Pokiston hududlari orqali harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan bitimlarni birgalikda ishlab chiqish to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi.
 
Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Pokiston Hukumatlararo komissiyasining, shuningdek, O‘zbekiston-Pokiston Ishbilarmonlar kengashining ikki tomonlama hamkorlik masalalarini birgalikda hal qilish uchun samarali maydonchalar sifatidagi roli qayd etildi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda 2021-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston-Pokiston Hukumatlararo komissiyasi va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
 
Tomonlar Transport vazirligi, ITSV va TIV rahbariyati boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasining Pokistonga tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar, ushbu safar davomida dengiz portlari infratuzilmasini o‘rganish uchun Karachi va Gvadar shaharlariga tashrif buyurish va o‘zbek yuklarini o‘tkazish uchun ulardan foydalanishning tashkiliy-texnik masalalarini kelishib olish rejalashtirilmoqda.
 
Videokonferensiya yakunida hamkorlikning belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha birgalikda ish olib borish doirasida keyingi qadamlar belgilab olindi hamda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul-Razzoq Dovudning 2021-yil yanvar oyida O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tashrif doirasida Pokiston biznesi vakillari ham O‘zbekistonga tashrif buyurishadi, ularning maqsadi o‘zbekistonlik tadbirkorlar bilan sheriklikni o‘rnatishdir.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться