O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Axborot xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi

2020-12-18 | Jamiyat

2020-yilning 17- dekabr kuni Suxrandaryo viloyati statistika boshqarmasida Axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bо‘lib о‘tdi.

Mazkur seminarda Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich so`zga chiqib, axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, OAV bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, statistik  ma’lumotlarni jamoatchilikka  yetkazish usullari va ijtimoiy tarmoqlarga yangiliklar joylashtirish yuzasidan  amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan takliflar berdi.

Shuningdek, boshqarma tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni OAVda yoritilishi, shahar va tuman statistika bo’limlarining bu bo’yicha faolligini oshirish hamda matbuotda yoritilayotgan ma'lumotlarning monitoring qilib borilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tayyorlanayotgan statistik tahliliy ma'lumotlar, oylik va choraklik press-relizlarni imloviy xatoliklarsiz tayyorlash, ularda qo‘yiladigan fotosuratlarning sifatiga alohida e'tibor qaratish va eng muhimi o‘z muddatida e'lon qilish yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi.

Seminar yakunida viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan berilgan savollarga Axborot xizmati rahbari atroflicha javob berdi. 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться