O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Islom savdoni rivojlantirish markazi bosh direktori bilan muzokaralar to‘g‘risida
2020-12-17 | Siyosat
2020-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidikov videokonferensiya shaklida Islom Hamkorlik Tashkiloti Islom savdoni rivojlantirish markazi (ICDT) bosh direktori Latifa El-Buabdellavi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston IHT va uning yordamchi tuzilmalari, jumladan ICDT bilan konstruktiv hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan o‘zaro munosabatlarni amaliy jihatdan boyitish hamda savdo, investitsiyalar, transport va boshqa sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Islom savdoni rivojlantirish markazi rahbariyati 2021-yili O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro forum va ko‘rgazmalarda ishtirok etish to‘g‘risidagi taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi.
Muzokaralarda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi