O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Endi AOKAda rahbarlar ham oʻqitiladi
2020-12-16 | Texnologiyalar
Hukumatning davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirishga doir qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi davlat idoralarining rahbar kadrlari uchun oʻquv kurslari tashkil etadi.
Mazkur alohida dastur asosida ishlab chiqiladigan qisqa muddatli oʻquv kurslarida rahbarlar ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoq bilan tizimli ishlash, notiqlik madaniyatini yuksaltirish, mediasavodxonlik, davlat idoralarining PR-strategiyasini ishlab chiqish, axborot muhitida asosli ijobiy imijga erishish kabi yoʻnalishlarda malakasini oshiradi.
Manba: «Xalq So'zi»