O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Chexiya Elchisi bilan uchrashuv
2020-12-15 | Siyosat
2020-yilning 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Chexiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Vatslav Yilekni qabul qildi.
Vazir ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, Elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga muvaffaqiyatli faoliyat tiladi.
Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Chexiya hamkorligini hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Bo‘lajak turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish bilan bog‘liq amaliy masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, O‘zbekiston iqtisodiyoti sohalarida loyihalarni amalga oshirishda Chexiyaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari va texnologiyalarini jalb qilishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi