O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jizzax viloyatida beshinchi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z ishini boshladi
2020-12-15 | Texnologiyalar
Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.
Mazkur o‘quv markazlaridan yana biri Jizzax viloyati, Baxmal tumanida ochilib, o‘z ish faoliyatini boshladi. O‘quv markazi Jizzax viloyatida tashkil etilgan bechinchi o‘quv markazi hisoblanadi.
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyat hududiy boshqarma, Baxmal tuman hokimligi rahbar va xodimlari, IT Park maslahatchisi hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.
Mazkur markaz zamonaviy kompyuter jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi, kiber sport o’yinlari kabi ixtisoslashgan o‘quv kurslarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birgalikda o‘quv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi