O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi to‘g‘risida
2020-12-09 | MDH
2020-yilning 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokonferensiya shaklida Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida o‘tkaziladigan majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.
Tadbir chog‘ida Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlikda erishilgan natijalar va aloqalarning yangi ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashiniladi. Shu bilan birga, MDHga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalari ham muhokama qilinadi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi