O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jaxongir Alam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-12-03 | Jamiyat

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov mehmonga O‘zbekiston mehnat bozorining barqaror rivojlanishini ta'minlashga yo‘naltirilgan islohotlar, bu vazifani bajarishga qaratilgan mamlakatimiz rahbariyatining qarorlari xususida batafsil ma'lumot berib, COVID-19 pandemiyasi sharoitida respublikamizda ishlab chiqilgan aholi bandligi dasturlari xaqida gapirib berdi. 

Shuningdek, vazir xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya tizimini shakllantirishning turli qirralariga to‘xtalib o‘tdi.
 
Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jaxongir Alam, O‘zbekistonning mehnat bozorini takomillashtirishdagi tajribasiga chuqur qiziqish bildirib, o‘z navbatida, mehnat resurslari sohasidagi aloqalarning mustahkamlanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik jabhalarining yanada kengayishiga xizmat qilishini ta'kidladi.
 
Suhbat chog‘ida ikki davlatda ham talab etiladigan ixtisosliklar bo‘yicha malakali ishchi kuchi bilan almashinuv imkoniyatlarini yaratish maqsadida kelgusidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkam huquqiy poydevor asosida rivojlantirish zarurligi alohida e'tirof etildi.
 
Tomonlar o‘zaro qiziqtirgan masalalar bo‘yicha foydali fikr almashinuvini muntazam ravishda davom ettirish bo‘yicha kelishib olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться