O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Davlat tiliga eʼtibor – strategik maqsadlarga asoslanadi
2020-12-01 | Madaniyat
Agentlik tizimi va uning barcha hududlardagi filiallarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratilib, doimiy ishlar olib borilmoqda.
Barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, eʼlonlar, reklama va koʻrgazmali axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlishi taʼminlandi.
Tizim tashkilotlarining hududiy filiallarida xodimlar uchun maʼnaviyat soatlari tashkil etilib, ularda yangi qabul qilingan Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarining mazmun mohiyatini tushuntirish boʻyicha ishlar tizimli olib borilmoqda.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi