O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

2020-11-30 | Siyosat

Bugun, 30-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning dekabr oyida videoanjuman shaklida o‘tkazilishi rejalashtirilgan davlatimiz raisligidagi MDH sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari koronavirus pandemiyasining tarqalishi oqibatida kelib chiqqan global inqiroz sharoitida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror sur’at bilan rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, o‘zaro tashriflar faol amalga oshirilmoqda, Hukumatlararo qo‘shma komissiya va boshqa hamkorlik mexanizmlari unumli ishlayapti, o‘zaro savdo hajmlari ortib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ustuvor loyihalar hamda gumanitar almashinuv dasturlari davom ettirilmoqda.

Prezidentlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

Suhbat har doimgidek samimiy, do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться