O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sportimiz mutasaddilaridan stol tennisi boʻyicha oʻziga xos master–klass yoxud “shaxsiy namuna” effekti

2020-11-29 | Sport

Poytaxtimizdagi Oʻzbekiston badminton federatsiyasiga qarashli Badminton markazida ommaviy axborot vositalari hamda turli vazirlik, idora va yirik korxona-tashkilotlarning matbuot xizmati vakillari ishtirokida “Doʻstlik spartakiadasi” sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Matbuotchilarning oʻziga xos sport bayramiga aylanib ketgan spartakiadada respublikamizda faoliyat yuritayotgan 150 nafarga yaqin jurnalistlar, matbuot xizmati va OAV xodimlari sportning badminton, stol tennisi va voleybol turlari boʻyicha oʻz mahoratlarini sinab koʻrishdi.

Spartakiada oʻyinlarini tomosha qilish uchun tashrif buyurgan Jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari Avazjon Karimov hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov musobaqaning oʻtkazilish jarayoni, ishtirokchilar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning kayfiyatlari bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida MOQ raisi hamda vazir oʻrinbosari OAV xodimlari uchun stol tennisidan oʻziga xos mahorat sabogʻini taqdim etib berishdi. Shu bilan birga har ikki tashkilot mutasaddilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida oʻz xodimlari va ularning oila aʼzolari oʻrtasida haftaning shanba kunlari soat 14:00dan keyin sport musobaqalari tashkil etilishiga eʼtiborni yana-da kuchaytirishga kelishib oldi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться