2020-yilning 3-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-sentabrdagi 03/1-928-sonli topshirig‘iga asosan Qishloq xo‘jaligi vazirligida tegishli vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda dorivor va ziravor o‘simliklar muhofazasi, yetishtirish, qayta ishlash va sohaning eksport salohiyatini oshirishdagi dolzarb masalalar” mavzusida konferensiya o‘tkazilishi belgilangan.
Konferensiya botanika, biologiya, ekologiya, kimyo, texnologiya, tabiiy birikmalar farmakologiyasi, tibbiyot va xalq tabobati sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Konferensiya sho‘'balari:
1. Dorivor va ziravor o‘simliklar muhofazasi, introduksiyasi va agrotexnologiyasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi florasidagi dorivor va ziravor o‘simliklar resurslari.
3. Dorivor va ziravor o‘simliklar xom ashyosining farmasevtikada ishlatilishi.
4. Dorivor va ziravor o‘simliklar kimyosi va ulardan dori vositalari ishlab chiqish texnologiyasi.
5. Dorivor va ziravor o‘simliklarning tibbiyotda, xalq tabobatida va oziq-ovqat sanoatidagi o‘rni.
Konferensiya doirasida plenar majlis, sho‘'balardagi ma'ruzalar, prezentasiyalarni munozara qilish rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi