O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov MDH gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashining «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofoti bilan taqdirlandi

2020-11-28 | MDH

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov  MDHga aʼzo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha kengashi va  MDHga aʼzo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo fondi tomonidan taʼsis etilgan «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi maʼlum qilishicha, kecha MDH davlatlaridagi fan, sanʼat, madaniyat sohalarida ulkan natijalarga erishgan insonlarga beriladigan ushbu nufuzli mukofotning taqdirlash marosimi onlayn shaklda o‘tkazildi. Marosimda MDH mamlkatlaridan mukofotlangan nomzodlar ishtirok etdi.

 O‘zbek milliy estradasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan sanʼatkor Farrux Zokirovga ushbu davlatlararo mukofot xalqlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, «Hamdo‘stlik yulduzlari» davlatlararo mukofoti 2009-yilda taʼsis etilgan. Ushbu mukofot xalqaro darajada yutuqlarga erishgan, amalga oshirgan ishlari orqali jahon mamlakatlarining rivojiga munosib hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi.

 

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться