O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Hindiston vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2020-11-22 | Siyosat

2020-yil 20-noyabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston-Hindiston siyosiy maslahatlashuvlarining 14-raundi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev, Hindiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vikas Svarup boshchilik qildi.

Muzokaralar chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning jadvali, kun tartibi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 va 2019-yillarda Hindistonga tashriflari va oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarish imkonini bergani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muzokaralarda BMT, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

Hindiston tomoni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT va ShHT doirasida ilgari surgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Afg‘oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” vazirlar muloqotining mintaqalararo hamkorlikni jadallashtirish va uning mexanizmlarini takomillashtirisdagi roli e’triof etildi.

Sadvo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur yo‘nalishda so‘nggi yillarda sezilarli o‘sish ko‘rsatgichlari qayd etilgani ta’kidlandi.

Investitsion hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli jabhalarida yangi zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratishga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish yo‘llari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Hindiston hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik munosabatlarining yo‘lga qo‘yilishi ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasida bevosita aloqa o‘rnatilishiga, qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarishning faollashishiga imkon yaratishi qayd etildi.

Turizm, ta’lim, texnologiyalar, sport, sog‘liqni saqlash va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikning hozirgi darajasi alohida ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda Amiti va Sharda universitetlarining filiallari ochilgani olqishlandi, boshqa universitetlarning filiallarini va mamlakatimizning sohaviy oliy ta’lim muassasalarida qo‘shma kafedralar ochish orqali ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada kengaytirishga o‘zaro qiziqish borligi tasdiqlandi. Madaniy muloqotni yanada chuqurlashtirish, jumladan uni ikki mamlakatda Madaniyat kunlarini o‘tkazish yo‘li bilan mustahkamlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться