O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Davlat tili haqida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlarining Buxoro viloyatdagi ijrosi o‘rganildi

2020-11-20 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi hamda "Reklama to‘g‘risida" gi Qonunlarining Buxoro viloyatidagi ijrosini o‘rgandi.

Kun davomida viloyatning turli hududlari, maʼmuriy idoralar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, bozor va boshqa savdo majmualari, ko‘chalardagi tasviriy vositalar, davlat tilida ish yuritish tartibiga alohida baho berildi. Aniqroq aytganda, Buxoro shahri, Romitan, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida duch kelingan tashqi yozuvlar, shu jumladan, peshlavha, reklama va boshqa eʼlonlar, axborot matnlarini tegishli  qonunlarga muvofiqlashtirish yuzasidan mutasaddilarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish boʻyicha muddatlar belgilandi. Geografik obyektlar, shu jumladan, Qonun talablari asosida geografik joy nomlarini o‘zgartirish va joylarni nomlashda Qonun talablariga qat’iy rioya etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

Mavzuga bag‘ishlab viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yakuniy muhokamada viloyat hokimining Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Feruza Ibragimova, shuningdek, shahar va tumanlardagi masʼullar axboroti va fikr-mulohazalari eshitildi.

Yig‘ilishda mulk shakli va faoliyat turidan qatʼiy nazar, har bir tashkilot, muassasa yoki idorada, savdo va maishiy xizmat uylari, mehnat jamoalarida davlat tiliga amal qilish, unga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish ustuvor ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Korxona-tashkilotlar, jamoat joylari, ko‘chalardagi turli yozuvlar, axborot matnlarini tartibga solish ishlarini izchil davom ettirish, bu borada hududlardagi sektor rahbarlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek tilining buyukligi, boyligi hamda betakrorligini tarannum etuvchi targ‘ibot tadbirlarini doimiy o‘tkazilishini taʼminlash va jahon miqyosda targ‘ib etish chora-tadbirlarini yanada kengaytirish talabi qo‘yildi. Muhokamada A.Qirg‘izboyev ta’kidlagan kamchilik va muammolar yechimiga eʼtibor qaratilib, “Davlat tilida ish yuritish” deb nomlangan amaliy qo‘llanmasi tarmoq masʼullariga topshirildi.

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti

Поделиться