O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida

2020-11-19 | Siyosat

2020-yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston-Isroil siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidikov va Isroil Davlati Tashqi ishlar vazirligi bosh direktori o‘rinbosari, Yevroosiyo va G‘arbiy Bolqon departamenti rahbari Garri Koren boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi qator masalalar, shu jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalar atroflicha muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni ko‘rish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Shu nuqtayi nazardan, Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazish, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Isroil Savdo palatalari federatsiyaso o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, tibbiyot, turizm va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. 

Parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish ikki tomonlama kun tartibida alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi. Tomonlar 22-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Isroil Knesseti parlamentlararo do‘stlik guruhlarining birinchi qo‘shma onlayn uchrashuvi o‘tkazilganini maqulladilar.

Tomonlar sog‘liqni saqlash, qishloq va suv xo‘jaligi, innovatsiya va texnologiyalar sohalarida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini alohida ta’kidladilar.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.

Maslahatlashuvlar chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться