19-noyabr butun dunyoda “Xalqaro ayollar tadbirkorligi” kuni nishonlanishi munosabati bilan 2020-yil 17-noyabr kuni soat 14.00da Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assosiasiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarga bag‘ishlangan “Ayollarni ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikka jalb etishda davlat tashkilotlari bilan hamkorlikning ahamiyati va istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
Unda Vazirlik va Assosiasiya rahbarlari, hududiy boshqarmalar, ABKM vakillari, o‘quv kurslarida ta'lim olib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan hotin-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ochib berib, “Tadbirkor ayol” ishbilarmon ayollar assosiasiyasi bilan hamkorlikda doimiy ravishda yurtimizda band bo‘lmagan ayollarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar xususida so‘z yuritdi.
Hammamizga ma'lumki, koronavirus pandemiyasi mehnat bozoriga, mehnat munosabatlari va aholi bandligiga ko‘maklashishda hamda tashqi chegaralar yopilishi munosabati bilan ishsizlarni ayniqsa, ayollarni bandligini ta'minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas zaruriy choralar ko‘rilishini taqozo etdi.
Hozirgi kunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda mehnatga layoqatli aholi soni - 19 121 ming, band aholi soni - 13 205 ming tashkil etadi.
Rasmiy sektorda bandlar – 5 673 ming kishini, iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 531 ming, shu jumladan xorijda ishlayotganlar - 1 912,6 mingni tashkil etadi. Joriy yil uchinchi chorakda ishsizlik darajasi 11,1 foizni tashkil etdi, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida - 17,1 foiz, ayollar orasida – 14,7 foiz. Joriy yilning o‘tgan davrida mehnat organlari tomonidan 513 ming xotin-qizlarga bandlik va mehnat sohasidagi xizmatlar ko‘rsatilib, 125,4 ming nafari doimiy ishlarga joylashtirildi.
Ishsiz va “temir daftar”ga kiritilgan kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlardan 260,3 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi va ularning ish haqqi uchun vazirlik huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 270,5 mlrd.so‘m mablag‘lar moliyalashtirib berildi, 30,8 ming ishsiz xotin-qizlarga ishsizlik davrida 15,3 mlrd.so‘m ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
Shuningdek, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 7 706 nafar xotin-qizlarnining 6 822 nafarini (88,5%) bandligi ta'minlandi. Jumladan, 180 nafari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida ishga tushayotgan korxonalarda yaratilayotgan ish o‘rinlariga, 1 654 nafari mavjud korxonalardagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga, 186 nafari kvota ish o‘rinlariga, 103 nafari hunarmandchilik yo‘nalishida, 194 nafari oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida, 190 nafari homiylar hisobidan shaxsiy va yordamchi xo‘jaligida chorvachilik, asalarichilik, quyonchilik, issiqxona va boshqalarni tashkil qilish hisobiga, 3 133 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 422 nafari subsidiya mablag‘lari ajratish orqali va 760 nafari boshqa yo‘nalishlarida bandligi ta'minlandi. Mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish orqali 34,7 ming fuqarolar bandligiga ko‘maklashildi, shundan 24,4 ming (70%) xotin-qizlarni tashkil etdi. Fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-qo‘vvatlash maqsadida mehnat organlariga murojaat qilgan 1,6 ming nafar xotin-qizlarga 335 mln.so‘m – yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, kichik korxonalar va mikrofirmalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikka o‘qitish va kredit olishda sug‘urta polisi to‘lovi uchun xarajatlarni qoplash uchun subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining 231 nafariga xodimlarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xarajatlarni qoplash uchun 5,3 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilib, natijada 2,2 ming xotin-qizlarni bandligi ta'minlandi. Shaxsiy tomorqalarda yengil tipdagi issiqxona qurilishi, ekin ekishga urug‘lar va ko‘chatlar hamda, sug‘orish vositalarini harid qilgan 12,7 ming xotin-qizlarga 32,4 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari moliyalashtirib berildi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavotchilik, baliqchilik, quyonchilik, tikuvchilik va hunarmanchilik yo‘nalishlari kooperativlar tashkil etilib, ularga ishsiz ayollar a'zo sifatida biriktirilmoqda.
Bugungi kunda, 149 ta tumandagi 8,7 ming gektar zahirada foydalanilmayotgan lalmi yer maydonda 389 ta kooperativlar tashkil etildi hamda pudrat shartnomasi asosida biriktirilgan 6,8 ming xotin-qizlarga 15,1 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar 2020-yil 2-aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Bugungi kunga qadar, “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi bilan hamkorlikda qariyib 130 nafar xotin-qizlar uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 116 mln. so‘m subsidiya ajratish evaziga “G‘oyadan biznes rejagacha” qisqa o‘quv kurslarida tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitildi.
“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi bilan hamkorlikda 2020-2021 yillarda 10 ming nafardan ortiq xotin-qizlarni tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, ularni o‘z bizneslarini boshlashiga ko‘maklashish orqali bandligini ta'minlash belgilab olingan