O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbek ogʻir atletikasi ishonchli qoʻllarda yoxud hamyurtimiz Jahon kubogida mutlaq gʻalabaga erishdi

2020-11-18 | Sport

Shu yil 11-noyabr kuni Peru davlati markazligida sportning ogʻir atletika turi boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida onlayn Jahon kubogi musobaqasiga start berilgan edi.

Nufuzli musobaqada jahonning 61ta davlatidan jami 399 nafar yosh atlet gʻoliblik uchun supachaga chiqishdi. Jahon kubogida Oʻzbekiston sharafini 7 nafar atletimiz himoya qildi.

Bungacha vakillarimizdan Nigora Abdullayeva (-55 kg) hamda Xusenboy Matrasulovlar (-55 kg) oʻz vazn toifalarida oltin, Nigora Suvonova (-71 kg) kumush, Xojiakbar Olimov esa (-81 kg) bronza medallariga sazovor boʻlishgandi.

Oʻsmirlar oʻrtasida onlayn Jahon kubogining soʻnggi kunida yana bir sportchimiz, -96 kg vazn toifasida Qurbonmurod Nomozov umumiy 320 kg natija koʻrsatib, mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. U eng yaqin taʼqibchisi, turkiyalik Emre Ozturkni 15 kiloga ortda qoldirdi.

Sportchimizning bu gʻalabasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 29 yilligiga munosib tuhfa boʻldi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться