O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
2020-11-15 | Hujjatlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, hududda muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, shu asosda aholi bandligini ta’minlash va turmush darajasini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar 2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
a) muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida:
141 ming nafardan ziyod aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘iga ulash va aholining markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 61,5 foizdan 70,1 foizga yetkazish;
Nukus shahri, Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida 105 ming nafardan ziyod aholi xonadonlarini oqova suv tarmoqlariga ulash va ularning oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash darajasini 14,1 foizdan 20,2 foizga yetkazish;
Nukus shahri va Taxiatosh tumanida ko‘p kvartirali uy-joylarning ichki issiqlik ta’minoti tizimlarini to‘liq rekonstruksiya qilish;
9 ta aholi punktida tabiiy gaz tarmoqlarini mukammal ta’mirlash va 246 ta aholi punktini maishiy gaz ballonlari bilan uzluksiz ta’minlash;
442 ta transformator punktini va 1 023,8 km elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish va elektr energiyasi iste’moli quvvatini 1,5 milliard kVt/сoaтdan 2,1 milliard kVt/сoaтga oshirish;
444,7 km xalqaro va respublika ahamiyatiga molik hamda 408,1 km mahalliy va ichki avtomobil yo‘llarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish;
290 ta aholi yashash punktiga optik tolali tarmoqlarni tortish, 150 ta yangi bazaviy stansiya qurish va 200 taсini modernizatsiya qilish, har bir aholi punktini 10 Mb/сoaтdan kam bo‘lmagan tezlikdagi Internet tarmoғiga ulash;
90,9 ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maйdonlarining suv ta’minotini, 208 ming gektar maydonning meliorativ holatini yaxshilash va 45 ming gektar ekin yerlarida suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish;
b) ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohasida:
21 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 400 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti binolarini qurish, 55 taсini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, 20 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish;
7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabini qurish, 101 ta maktabni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu asosda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi o‘rni koeffitsiyenti 1,1 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash;
32 ta tibbiyot mуaссaсaсini qurish, rekonstruksiya qilish hamda xususiy tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish, shu asosda tibbiyot muassasalarining qabul qilish quvvatini 20,4 mingga, o‘rinlar sonini 7,1 mingga yetkazish;
21 ta madaniyat ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shu asosda aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, ularning madaniy ehtiyojlarini qondirish va bo‘sh vaqtining mazmunli o‘tishini ta’minlash;
181 ta maktabni “Bir million dasturchi” loyihasiga kiritish va 3 mingdan ortiq yoshlarni kompyuter dasturlash asoslariga o‘rgatish orqali raqamli texnologiyalar yo‘nalishida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularga kerakli bilim va ko‘nikmalarni berish;
39 ta sport ob’ektini qurish, rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha 83 ming nafar aholi va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shu asosda yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya
va sportni ommalashtirish;
v) 7 004 ta xonadonli 235 ta zamonaviy ko‘p kvartirali turar joy majmuasini barpo etish, shuningdek, yosh oilalar va kam ta’minlangan aholi uchun 2 084 ta xonadonli 36 ta arzon uy-joy qurilishini tashkil etish orqali ularning uy-joy sharoitini yaxshilash;
g) investitsiyalarni faol jalb qilish va hududning eksport salohiyatini rivojlantirish sohasida:
2020–2022 yillarda hududiy investitsiya loyihalari doirasida umumiy qiymati 12,3 trillion сўmlik 1 359 ta loyihani ishga tushirish va 17,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, 523 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish;
xalqaro moliya institutlarining 1 milliard dollar miqdoridagi mablag‘larini muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltirish;
yillik eksport ҳajmini 347 million dollarga, eksport qiluvchi korxonalar sonini 250 taga, eksport geografiyasini 45 ta mamlakatga yetkazish hamda eksportga yo‘naltiriladigan mahsulotlar turini 30 tadan oshirish;
erkin iqtisodiy zonalarda qiymati 21,2 million dollarga teng bo‘lgan 9 ta loyihani, kichik sanoat zonalarida qiymati 28 million dollarga teng bo‘lgan 81 ta loyihani ishga tushirish;
d) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish, jumladan, 9 ta yangi sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, 27 ta sanoat klasterini tashkil etish, sanoati past darajada rivojlangan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida kamida 50 ta yangi sanoat korxonasini ishga tushirish;
ye) qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shu jumladan, chorvachilik, baliqchilik, sholichilik va kunjut yetishtirish hamda qayta ishlash klasterlarini tashkil qilish sohasida:
12 ming gektar yer maydonida paxta yetishtirishni bekor qilish;
foydalanishdan chiqqan 35 860 gektar yer maydonlarini o‘zlashtirish;
qishloq xo‘jaligi foydalanishiga qayta kiritiladigan 875 gektar
yer maydonlarida issiqxonalar tashkil qilish;
muzlatkichli omborxonalar quvvatini 40,8 ming tonnaga oshirish;
qishloq xo‘jaligi texnikalari sonini 1,4 mingtagaчa oshirish;
naslli qoramollar sonini qo‘shimcha 30 ming boshga oshirish;
30 ming gektar yer maydonlarida kunjut yetishtirish va mahsulotni to‘liq eksportga yo‘naltirish;
baliq yetishtirish hajmini ikki baravarga oshirish hisobiga baliq mahsulotlarini 2021 yilda 35 ming tonnaga, 2022 yilda 50 ming тonnaga yetkazish;
j) har yili kamida 900-950 ta yangi xizmat ko‘rsatish ob’ektini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali xizmat ko‘rsatish ҳajmini kamida 2,5 baravarga oshirish;
z) xorijiy turistlar sonini 80 ming nafarga, turizm xizmatlari eksportini 45 million dollarga yetkazish, shuningdek, ichki turistlar sonini 800 ming nafargacha oshirish, 210 o‘rinli yangi mehmonxonalar qurish hamda turoperator va turagentlar sonini 45 taga yetkazish;
i) sharoiti og‘ir bo‘lgan 45 ta mahalla va ovulda aholining turmush sharoitini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish hisobiga ularni og‘ir toifadan chiqarish hamda mahallaning o‘rni va rolini kuchaytirish, jumladan, 12 ta tuman markazida “Mahalla markazlari” majmуalarini qurish va rekonstruksiya qilish, 157 ta mahalla va ovul ma’muriy komplekslarini qurish;
k) 19,7 ming nafar fuqarolarni ish bilan ta’minlash va 6 ming nafar fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish orqali “Temir daftar”ga kiritilgan 15,5 mingta oila daromadlarini oshirish hamda ularning hududdagi jami oilalardagi ulushi 4 foizdan oshmasligini ta’minlash;
l) yoshlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 14 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash, 1,6 ming nafar yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, “Fidoyi yoshlar otryadlari”ni tashkil qilish orqali 8 ming nafar ishsiz yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat va mavsumiy ishlarga jalb qilish, 3 ta yosh tadbirkorlar kovorking markazi, 7 ta “Yoshlar mehnat guzari” kompleksini barpo etish;
m) ayollarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va “Ayollar daftari”ga kiritilgan 8,4 ming nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash;
n) mehnat bozoriga yangi kirib kelayotgan fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat migratsiyasidan qaytgan 9 ming nafar fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda fuqarolarni xorijga mehnat qilish faoliyatiga yuborish uchun ularni talab qilinadigan mutaxassisliklarga o‘qitish.
Mazkur band ijrosini samarali tashkil etish maqsadida:
Bosh vazir o‘rinbosarlari (A.J.Ramatov – “a” va “v” kichik bandlar, B.A.Musayev – “b”, “i”, “l” va “m” kichik bandlar, S.U.Umurzakov – “g” kichik band, J.A.Qo‘chqorov – “d”, “j”, “k” va “n” kichik bandlar, Sh.M.G‘aniyev – “ye” kichik band, A.A.Abduxakimov – “z” kichik band bo‘yicha):
mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishilishini ta’minlash yuzasidan mas’ul vazirlik va idoralarning birinchi navbatdagi vazifalarini belgilab bersin hamda faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
zarur mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilishi, manzilli sarflanishi va to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlasin;
amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning har oylik hisobotlarini eshitib borsin;
yuklatilgan vazifalar to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlamagan mansabdor shaxslarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritib borsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.K.Kamalov:
bir hafta muddatda har bir shahar va tumanlarda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlarini tashkil etsin;
mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishish jarayonida vujudga keladigan joriy muammolarni joyida tezkor hal etish choralarini ko‘rib, respublika darajasida hal etiladigan masalalar yuzasidan aniq takliflar kiritib borsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda – Dastur) ma’qullansin:
1-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining o‘sish nuqtalari (“drayver” sohalari);
2-ilovaga muvofiq 2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi og‘ir bo‘lgan shahar va tumanlarini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar;
3-ilovaga muvofiq 2020-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar;
4 va 4a-ilovalarga muvofiq 2020–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini moliyalashtirish yig‘ma ko‘rsatkichlari;
5 va 5a-ilovalarga muvofiq 2020-2022 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari yig‘ma jadvali va manzilli ro‘yxati;
6 va 6a-ilovalarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari ro‘yxatlari;
7–7ye-ilovalarga muvofiq 2021–2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar (ob’ektlar) yig‘ma ko‘rsatkichlari va manzilli ro‘yxatlari;
8–8ye-ilovalarga muvofiq 2021-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ijtimoiy soha ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar (ob’ektlar) yig‘ma ko‘rsatkichlari hamda manzilli ro‘yxatlari;
9-9a, 10-10a va 11-11a-ilovalarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarini rivojlantirishni moliyalashtirish manbalari yig‘ma ko‘rsatkichlari va chora-tadbirlar dasturlari;
12-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovulda aholining turmush sharoitini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
13-ilovaga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta-to‘qimachilik, meva-sabzavot va kunjut klasterlarini tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi.
3. Belgilansinki:
a) mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarining o‘ziga xos “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan tashkil qilingan tadbirkorlik sub’ektlari 2024 yil 1 яnvarga qadar yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
b) ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida yangidan tashkil etiladigan sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari 2024 yil 1 яnvarga qadar:
yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
foyda solig‘i va suv solig‘i to‘lovini amaldagi belgilangan soliq stavkalarining 50 foizi miqdorida amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan va faqat o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asbob-uskuna, butlovchi va ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to‘lashdan ozod qilinadi;
v) Qoraqalpog‘iston Respublikasida sharoiti og‘ir 45 ta mahalla
va ovulda yangidan tashkil etiladigan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlariga 2026 yil 1 яnvarga qadar:
foyda solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliq, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilish imtiyozi qo‘llaniladi;
biznes-loyihalarni amalga oshirish maqsadida milliy valyutada olinadigan bank kreditlari foiz stavkasining bir qismini qoplash uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya beriladi;
g) Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida bo‘sh turgan davlatga tegishli bino-inshootlar va yirik bo‘lmagan davlat aktivlarini tadbirkorlik sub’ektlariga soddalashtirilgan tartibda berish tartibi joriy qilinadi. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi raisi bilan kelishgan holda ularning qarori asosida:
davlat korxonalari va xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushlarini hamda davlatga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlarini,
shu jumladan, bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallanmagan yer maydonlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq alohida tartib asosida sotiladigan davlat aktivlari bundan mustasno) sotish, uning shartlari, savdo turi va narxini belgilash;
bo‘sh turgan bino-inshootlar va samarasiz foydalanilayotgan ortiqcha yer maydonlarini balansda saqlovchi vazirlik va idoralarning roziligidan qat’i nazar zaxiraga qaytarib olish va sotish yuzasidan qaror qabul qilish;
davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlarini qayta tashkil etish, tugatish, ustav kapitalidagi davlat ulushini boshqa xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitaliga o‘tkazish vakolatlari beriladi;
d) Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha davlat aktivlarini sotishda:
davlat aktivining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 50 ming baravaridan yuqori bo‘lgan taqdirda, tuziladigan oldi-sotdi shartnomalariga muvofiq to‘lovlarni 5 yilgaчa bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi joriy etiladi;
oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan boshlab bir oy ichida sotib olish to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan taqdirda, sotib olish to‘lovlari summasining 20 foiziga teng miqdorda chegirma beriladi;
ye) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki ob’ektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetiga yo‘naltiriladi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno;
j) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bo‘sh turgan yoki samarasiz foydalanilayotgan, umumiy egallagan maydoni 3 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlatga tegishli bino-inshootlarni ommaviy savdolar orqali sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi beriladi.
4. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra, istisno tariqasida, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida biznes-loyihalarni amalga oshirish uchun 2022 yil 1 яnvarga qadar olinadigan bank kreditlari bo‘yicha garov ta’minoti sifatida tegishli viloyat hokimliklari kafolatlar berishi mumkin. Bunda:
biznes-loyihalar mazkur qarorga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanish darajasi past bo‘lgan Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida, sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovul hududlarida, shuningdek, “o‘sish nuqtasi” deb belgilangan iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli tumanlarda joylashtiriladi;
kafolatlar bank krediti summasining 50 foizigaчa qismiga, biroq 5 milliard сўmdan ortiq bo‘lmagan miqdorda beriladi;
kafolatlar soliqlar hamda oldingi tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorligi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga berilishi mumkin emas.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev) Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X.Shermatov) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6108-son Farmoniga muvofiq:
Finlyandiyaning ta’lim sohasidagi ijobiy tajribasini, shu jumladan, o‘quv dasturlari, darsliklari va o‘qitish metodikalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim muassasalarning ta’lim jarayoniga joriy qilish;
umumiy o‘rta ta’limning sifatini oshirish, tizimdagi muassasalarning ko‘rsatkichlarini yuqori darajaga olib chiqish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida xususiy sektor vakillarini keng jalb qilish;
matematika, kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish, ularni zarur o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, uslubiy adabiyotlar, inventarlar va moddiy-texnik resurslar bilan jihozlash;
hududiy oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish, mazkur sohaga zamonaviy ta’lim texnologiyalarni joriy qilish;
maktab o‘quvchilari o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish, o‘quvchilarning maktab fanlari bo‘yicha amaliy darslarini salohiyatli ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi korxonalarida o‘tkazish, oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash;
tuman (shahar) kesimida tuzilgan reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari va pedagoglarini mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish choralarini ko‘rsin.
6. Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev) bilan birgalikda ikki hafta muddatda Soliq kodeksiga va boshqa qonunlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasining tadbirkorlik sub’ektlariga imtiyozlar berishni nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
aholiga o‘z xonadonlarida intensiv usulda baliq yetishtirish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, material va tovarlar yetkazib beruvchi baliqchilik klasterlari va boshqa tadbirkorlik sub’ektlariga;
suv chiqarish uchun quduq burg‘ulash va ishga tushirish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan, ular tomonidan olib kiriladigan burg‘ulash uskunalari va maxsus transport vositalariga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, eng dolzarb iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlarida tadbirkorlik sub’ektlariga soliq imtiyozlari berish nazarda tutilsin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I.Norqulov) Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev), manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda mazkur qarorning 7–7ye va 8–8ye-ilovalarida ko‘rsatilgan loyihalarni (ob’ektlarni) nazarda tutsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Mo‘ynoq tumanida alohida maqomga ega turistik-ko‘ngilochar zona tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.U.Umurzakov) Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A.A.Abduxakimov), Bosh prokuratura (N.T.Yo‘ldoshev) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev) bilan birgalikda 2020 yil 1 dekabrga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan turistik-ko‘ngilochar zonani tashkil etish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqib, amalga oshirilishini ta’minlasin.
9. Qurilish vazirligi (B.I.Zakirov) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (R.T.Mamatov), Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I.Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev) bilan birgalikda ikki oy muddatda sharoiti og‘ir 45 ta mahalla va ovullar hududlarining bosh reja-sxemalari ishlab chiqilishini ta’minlasin.
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.U.Umurzakov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I.Norqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev) 14-ilovaga muvofiq belgilangan hududlar chegaralari doirasida “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish choralarini ko‘rsin. Bunda:
ikki oy muddatda “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini boshqarish vazifasi “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasiga yuklansin.
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.U.Umurzakov), Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) 2021 yil I choragi yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida issiqxonalar tashkil qilish hamda chorvachilikni rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlarining 120 million dollar miqdoridagi imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish choralarini ko‘rsin.
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S.U.Umurzakov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.X.Bekenov) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining (Q.R.Sariyev) tugatilayotgan “Qoraqalpoqpaxtasanoat” HABning Nukus shahri, T.Qaipbergenov ko‘chasi, 39-uy manzilida joylashgan binosi 1-qavati, 2-qavatining 300 kv.m qismi, mehmonxona, garaj va omborxona binolarini tegishli hududi bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga operativ boshqaruv huquqi bilan berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, ob’ekt baholangan bozor qiymatida “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalarning o‘zaro qarzdorliklarini kamaytirish asosida “O‘zpaxtasanoat” AJning Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti oldidagi qarzdorligini kamaytirish hisobiga beriladi.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q.R.Sariyev):
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi (M.I.Kurbanov) va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari bilan birgalikda:
bir oy muddatda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalaridagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojlarni va talabgorlarni har bir mahalla kesimida aniqlasin;
ikki oy muddatda aholini xatlovdan o‘tkazib, ularni birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga biriktirsin. Bunda, olis va chekka hududlardagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib bo‘sh shifokor ish o‘rinlari ro‘yxatini tuzsin va muntazam yangilab borsin;
tashkil qilinayotgan “tibbiyot brigadalarini” maxsus kompyuter-planshetlar va mobil tibbiyot-diagnostika vositalari bilan ta’minlasin;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.M.Xadjibayev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (N.N.Oblomuradov), Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti (O.A.Ataniyazova) bilan birgalikda
uch oy muddatda mazkur institut huzurida salomatlik, atrof-muhit va ekologiya masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ta’lim markazini tashkil qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 15-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 16-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Dastur amalga oshirilishi ustidan nazorat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (S.U.Umurzakov) yuklansin.
Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi (S.U.Umurzakov):
Dastur doirasida amalga oshirilayotgan investitsiya va infratuzilma loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlasin;
Dasturga kiritilgan loyihalarning bajarilishini har oyda bir marta Qoraqalpog‘iston Respublikasida, har chorakda bir marta respublika darajasida muhokama qilib borsin va muammoli masalalarni hal etish yuzasidan zarur hamda tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilib, ularning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiladigan masalalarni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy choralar ko‘rsin.
17. Oliy Majlis Senatiga (T.K.Narbayeva, B.B.Alixanov):
mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari bilan birgalikda Dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlash, yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etish va aholining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlariga har oyda chiqish tizimini yaratish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi (M.K.Kamalov) bilan birgalikda Oliy Majlis Senati Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasiga o‘z faoliyatini bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasida tashkil etish hamda sohaga oid muammolarni shahar va tumanlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda joyida hal etib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish topshirilsin.
18. Quyidagilar:
Bosh vazir o‘rinbosari S.U.Umurzakov – mazkur qarorning ijrosi
o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul vazirlik va idoralarning faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya muhitini yaxshilashga;
Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov – mazkur qarorda nazarda tutilgan, shu jumladan, “Qoraqalpoq-agro” va “Nukus” erkin iqtisodiy zonalarining yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini hamda boshqa ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish loyihalarining sifatli amalga oshirilishini, zarur mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishini ta’minlashga;
Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev – Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni o‘zlashtirish, chorvachilik va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasini rivojlantirish, “Qoraqalpoq-agro” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarning samaradorligini ta’minlashga;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R.Sariyev – Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilish, investitsiyalarni samarali o‘zlashtirish, hududning eksport salohiyatini oshirish, sanoat korxonalarining to‘liq quvvatda ishlashiga ko‘maklashish, investitsiya va infratuzilma loyihalarining o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlash, shuningdek, joylarda tadbirkorlik sub’ektlarining muammoli masalalarini tezkor hal qilib borishga;
mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.T.Mamatov – sharoiti og‘ir bo‘lgan mahalla va ovullarda aholining turmush sharoitini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish hisobiga ularni og‘ir toifadan chiqarish, “Mahalla markazlari” va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali mahallaning o‘rni va rolini kuchaytirishga;
tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari – Dastur ijrosining samaradorligini hamda mazkur qarorda nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishilishini ta’minlashga shaxsan mas’ul va javobgar ekanligi belgilab qo‘yilsin.
19. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYOEV
Toshkent shahri,
2020-yil 11-noyabr
Manba: O'zA