O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ispaniya TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2020-11-13 | Siyosat
2020-yil 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vaziri Aranchey Gonsales Layya bilan telefon orqali muloqot qildi.
TIV rahbarlari siyosiy muloqotni va parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalarini hamda savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun aniq choralarni birgalikda ishlab chiqish yo‘li bilan o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni chuqurlashtirishning muhimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan barcha karantin choralari bekor qilinganidan keyin Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ispaniya hukumatlararo komissiyasining birinchi majlisi hamda ikki davlat yetakchi kompaniya va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes forumni o‘tkazish taklif etildi.
Telefon muloqoti chog‘ida xalqaro tashkilotlar va tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi