O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Finlandiya Tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot to‘g‘risida
2020-11-13 | Siyosat
2020-yil 13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Finlandiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston – Finlandiya munosabatlarining, jumladan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shakli doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlarning O‘zbekiston va Finlandiya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga sodiqligi e’tirof etildi. Turli darajadagi bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali ko‘rib chiqildi.
TIV rahbarlari fan, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha fikr almashdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Finlandiya hukumatlararo komissiyasi majlislarini muntazam asosda o‘tkazib borishning ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni kengaytirishdagi ahamiyati ta’kidlandi.
YI bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi va O‘zbekistonning “Preferensiyalar bosh tizimi plyus” (“PBT+”) imtiyozlar tizimi doirasida benefitsiar mamlakat maqomini olishi borasida birgalikda ishlashmasalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar chog‘ida afg‘on muammosini tinch yo‘l bilan hal etishdagi hamkorlikni faollashtirish hamda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa mavzulari to‘g‘risida ham fikr almashildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi