O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Osiyo Mintaqaviy Forumida koronavirus pandemiya sharoitida davlat qarzlari va valyuta zaxiralarini boshqarish masalalari muhokama qilindi
2020-11-13 | Iqtisodiyot
Joriy yilning 9-12 noyabr kunlari Xalqaro Valyuta Jamg'armasi, Osiyo Taraqqiyot Banki, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti, xalqaro reyting agentliklari, Filippin, Indoneziya, Gruziya, Tailand, O'zbekiston va mintaqadagi boshqa mamlakatlarning Moliya vazirliklari va Markaziy banklari ishtirokida koronavirus pandemiya sharoitida davlat qarzlari va valyuta zahiralarini boshqarish masalalarini muhokama qilishga bag'ishlangan Osiyo Mintaqaviy Forumining navbatdagi yig'ilishi videokonferensiya shaklida bo'lib o'tdi.
Forumda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ham ishtirok etib, ishtirokchilarni makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash, davlat moliyasining samaradorligi va shaffofligini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan fiskal chora-tadbirlar, shuningdek, davlat qarzini boshqarishda prudensial yondashuv bilan tanishtirdi.
Xususan, davlat qarzining mo'tadil darajasiga qaramay, Respublikada tashqi davlat qarzlarini qonuniy cheklash mexanizmlari joriy etildi, qarz portfelini diversifikatsiya qilish va davlat obligatsiyalari ichki bozorini rivojlantirish choralari ko'rilmoqda, axborotni oshkor qilish talablari oshirildi, xalqaro valyuta jamg'armasi bilan birgalikda qarz barqarorligini tahlil qilish muntazam o'tkazilmoqda.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi