O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hududlarda sport turizmini rivojlantirishga kelishib olindi

2020-11-12 | Sport

Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining boshliqlari hamda hududlardagi Turizmni rivojlantirish departamentlarining mudirlari Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga tashrif buyurdi.

Bu yerda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov mehmonlarni vazirlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi. Shundan soʻng Jismoniy tarbiya va sport vazirligining strukturasi va faoliyat yoʻnalishi borasida vazir oʻrinbosari Nodir Murotov maʼlumot berdi.

Mamlakatimiz sportchilarining 2021-yil Tokioda boʻladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik jarayoni, qoʻlga kiritilgan litsenziyalarimiz soni, oldinda turgan musobaqalar hamda ularda yana qancha atletimiz Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga ega chiqishi mumkinligi borasida vazirlik boshqarma boshligʻi M.Rahmatxoʻjayev hamda bosh mutaxassis A.Nizametdinovlarning hisoboti tinglandi.

Oʻz navbatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari vakillariga Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan va yoʻllanmalar uchun kurash olib borayotgan sportchilarning ijtimoiy holatini doimiy nazoratga olish, ular shaxsiy muammolariga chalgʻimasdan faqat sport haqida oʻylashlarini taʼminlash boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, oʻzaro muloqot chogʻida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan xodimlarni sogʻlom turmush tarziga jalb etish, aholi orasida ommaviy sportni yana-da keng targʻib qilish borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan boshqarma boshligʻi oʻrinbosari J.Yoʻldoshev maʼlumot berdi.

Tashrif yakunida mehmonlar oʻz hududlarida sport turizmini rivojlantirishning istiqbollari borasida oʻzaro fikr almashdi va bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligini bilan amaliy hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Shu kuni mehmonlar poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga ham tashrif buyurishdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad, mehmonlarni Oʻzbekiston sportchilarining jahon arenalarida qoʻlga kiritgan yutuqlari hamda Olimpiya oʻyinlari tarixi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat edi. Taʼkidlash kerak, oʻzbek sportining shonli tarixi aks etgan eksponatlar mehmonlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Поделиться