O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Misr Elchisi bilan uchrashuv
2020-11-12 | Siyosat
2020-yilning 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Favqulodda va Muxtor Elchisi Amani al-Itrni qabul qildi.
Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Misr hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiya, sayyohlik, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekanligini ma’lum qilindi.
Suhbat yakunida Vazir Elchining O‘zbekistondagi faoliyatining samarali bo‘lganini qayd etdi va uning o‘zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni kengaytirishga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.
Amani al-Itr, o‘z navbatida, Misrning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatida ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi