O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijonda to‘qsonbosti ekinlari ekilmoqda

2020-11-10 | Iqtisodiyot

Andijon viloyatida 2021-yil hosili uchun 15 ming 597 gektarda aholining ertagi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida hosildan bo‘shagan maydonlarga sovuqqa chidamli ekinlardan – sabzi, piyoz, osh lavlagi, ko‘katlardan – kashnich, petrushka, selderey, salat, aysberg, brokolli, kolrabi kabilar to‘qsonbosti muddatida ekilmoqda.

Buning uchun kuzda asosiy ekinlardan bo‘shagan maydonlarni sifatli haydab, sovuqqa chidamli ekinlarni ekish muhim. Ekin maydonlari va aholi tomorqalaridan oqilona foydalanish, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish hajmlarini ko‘paytirish, kambag‘allikni qisqartirish va aholining moddiy manfaatdorligini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
 
Andijonda to‘qsonbosti usulida sabazvot ekinlarini ekish, ularni parvarishlash bo‘yicha Asaka tumanida G‘alaba xududidagi “Muxammadsodiq kelajagi buyuk” fermer xo‘jaligida viloyatning barcha tumanlardan jami 224 ta qishloq xo‘jaligi korxonalar va tashkilotlar, fermer xo‘jaliklari ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv seminarida ekin maydonlaridan samarali va unumli foydalanish har bir ekinning xususiyatlarini bilish, ekish muddatlarini aniqlash, agrotexnik tadbirlarni vaqtida o‘tkazishni ta'minlash kabi masalalarga e'tibor qaratildi. 
 
Shundan so‘ng to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarni ekish va parvarishlash bo‘yicha Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tayyorlangan 100 tadan ortiq tavsiyanomalar va bukletlar fermer xo‘jaliklariga tarqatildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться