O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ShHT sammitida ishtirok etadi

2020-11-09 | ShHT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida o‘tadigan majlisida ishtirok etadi. 

Rossiya raisligida o‘tkaziladigan ushbu uchrashuv kun tartibidan yangi global xatar va tahdidlarning kuchayishi sharoitida ShHT doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan.

Tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalarining rahbarlari ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llashi kutilmoqda.

Majlis yakunida ShHT doirasida, shu jumladan xavfsizlikni ta’minlash, iqtisodiy kooperatsiya, raqamli texnologiyalarni joriy etish, qishloq hududlarni rivojlantirish, epidemiyalarga qarshi samarali kurashish va boshqa sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Moskva deklaratsiyasi va hujjatlar to‘plamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться