O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etildi

2020-11-09 | Texnologiyalar

Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida yurtimizda bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil qilinmoqda.

Shu munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan  birgina Samarqand viloyatida Kattaqurg‘on shahrida, SamarqandToyloqUrgut va Oqdaryo tumanlarida jami 5 ta Raqamli o‘quv texnologiyalari markazlari tashkil etilgan.

Ushbu markazlarda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash, robototexnika asoslari bo‘yicha mahalliy yoshlarni o‘rgatuvchi o‘quv kurslari uchun kompyuter sinflari, kibersportga yoshlarni jalb qilish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish maqsadida kibersport zallari ham tashkil etilib faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining oltinchisi Pastdarg‘om tumanida tashkil qilindi va ushbu markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi.

2020-yilning 7-noyabr kuni markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari, Pastdarg‘om tuman hokimligining rahbar va xodimlari, tuman faollari hamda mahalliy yoshlar ishtirok etishdi.

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar kompyuter savodxonligi bo‘yicha bepul o‘qitiladi va kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga sertifikatlar beriladi. Markazda axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kusrlarni tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek mazkur markazda tumandagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish ko‘zda tutilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться