O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Surxondaryo yoshlariga raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda
2020-11-06 | Texnologiyalar
Yoshlarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni o‘rganish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida hozirgi kunda Respublikamiz bo‘ylab Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari barpo etilmoqda.
Navbatdagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari 5-noyabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida tashkil etildi.
Ochilish marosimlarida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B. Olmatov, tizimdagi korxona va tashkilot rahbar va xodimlari tuman hokimliklarning vakillari hamda tumanlarning yoshlari ishtirok etdi.
Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, unda tuman yoshlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash asoslari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xususiy korxona xodimlari malakalarini oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi