2020-yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayevni qabul qildi.
O‘zbekiston Hukumati rahbari Qirg‘iziston bilan hamkorlik aloqalarni yanada mustahkamlashda ilgari erishilgan barcha kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhim ekanini qayd etdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari hamda pandemiyaning ikki tomonlama aloqalarga salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
Matbuot xizmati