O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH Hukumat rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishi to‘g‘risida

2020-11-05 | MDH

2020-yil 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tadi.

Majlisda Hukumat rahbarlari Hamdo‘stlikdagi iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari va koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli hodisalarni bartaraf etish yuzasidan o‘zaro fikr almashishi ko‘zda tutilgan.
 
Xususan, yig‘ilishda 2030-yilgacha bo‘lgan davrda MDH iqtisodiy rivojlanish strategiyasining birinchi bosqichini (2021-2025 yillarda) amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi, shuningdek, Hamdo‘stlik davlatlarining turli yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarini muhtahkamlashga xizmat qiluvchi boshqa dasturlar va kelishuvlar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
 
Hukumat rahbarlari kengashi majlisidan so‘ng MDHga a'zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanadi.
 
 
 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
Matbuot xizmati

Поделиться