O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida Raqamli texnologiyalar markazi ochildi

2020-11-05 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil “Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berildi. Bu ham bejiz emas, chunki taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi - aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish maqsadida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda.

Ushbu beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish borasida yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish, ijodiy-intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun sharoitlar yaratish, ularni kompyuter texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida 2020-yil 4-noyabr kuni Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida joylashgan Madaniyat markazi binosida “Raqamli texnologiyalari markazi” sanitariya-epidemiologiya talablarga rioya etilgan holda ochildi.

Ochilish marosimi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg`ona viloyati hududiy boshqarmasi, So‘x tuman hokimligi rahbarlari va xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi korxona va tashkilotlari vakillari hamda tuman yoshlari ishtirokida tashkil etildi.

Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan, unda yiliga So‘x tumanining 1200 nafarga yaqin yoshlarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, dasturlash, robototexnika asoslari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash maqsad qilib belgilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться