O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy energetik sohasida hamkorlik mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

2020-11-05 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Energetika xartiyasi kotibiyati hamkorligida Markaziy va Janubiy Osiyoda mintaqaviy energetik hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining 16-yig‘ilishi onlayn tarzda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vazirlik matbuot xizmatiga ko‘ra, har yili o‘tkaziladigan joriy yig‘ilish  O‘zbekiston Energetika vazirligi raisligida o‘tkazildi.

Forumda milliy energetika idoralari hamda vazirliklardan 30 nafar ishtirokchi, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston va MDH energetika kengashidan elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

2007 yilda tashkil etilgan Energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha maxsus ishchi guruh har yili yoki har ikki yilda yig‘ilib, mintaqadagi energetika sohasi mutaxassislarini yig‘ib, elektr energiyasini ishlab chiqarish, import va eksport qilish hamda tranzit, savdo va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Bu yilgi yig‘ilishda energetika sohasidagi anʼanaviy va yangi loyihalar hamda tashabbuslar muhokama qilindi. Ishtirokchilar 2019 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvdan keyingi davrni o‘z ichiga olgan yangilanishlar, hisobоtlar va taqdimotlar bilan tanishdi.

Keyingi yig‘ilishda qayta tiklanadigan energiya manbalarining o‘sib borishi va ularning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari bilan o‘zaro taʼsirining huquqiy va texnik jihatlari bilan bog‘liq mavzularga eʼtibor qaratish, shuningdek, mintaqaviy chegaralar orqali energiya tizimlarini yana-da integratsiyalashuvi sharoitida elektr energiyasining tranziti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha munozaralarni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться