O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Janubiy Koreya siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2020-11-05 | Siyosat

2020-yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida videokonferensaloqa shaklida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Kim Gang rahbarlik qildi.

Tadbirda, shuningdek, O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati, Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va energetika vazirligi vakillari, ikki mamlakatning Seul va Toshkent shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Siyosiy maslahatlashuvlar davomida alohida strategik sheriklik maqomidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarga doir masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomoni Koreya Respublikasining COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda ko‘rsatayotgan amaliy yordami uchun minnatdorlik bildirdi.

Oliy darajadagi aloqalar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, turli shakllarda bo‘lib o‘tadigan tashriflar va qo‘shma tadbirlarning, xususan, Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita va “Koreya – Markaziy Osiyo” forumining navbatdagi yig‘ilishlari kun tartibi va boshqa tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiya va ilmiy-texnik aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi.

Uchrashuvda parlamentlararo muloqotni faollashtirish, sog‘liqni saqlash, farmasevtika va mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться