O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirining O‘zbekistonga bo‘lajak amaliy tashrifi to‘g‘risida
2020-11-04 | Siyosat
2020-yilning 5-6-noyabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi