O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning Misrdagi turizm elchisi tayinlandi

2020-11-03 | Turizm

O‘zbekistonning Misrdagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov mazkur mamlakat parlamenti Vakillar majlisi (quyi palata) Ijtimoiy birdamlik, oila va nogironlar qo‘mitasi raisi professor Abdulhadi al-Qasabiy O‘zbekiston Respublikasining Misrdagi turizm elchisi etib tayinlangani munosabati bilan unga tegishli sertifikatni topshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Professor Abdulhadi al-Qasabiy O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatiga o‘zining samimiy minnatdorligini izhor etib, ikki mamlakat o‘rtasida turizm va gumanitar hamkorlikni yana-da rivojlantirish yo‘lida barcha sayʼ-harakatlarini safarbar etishga tayyorligini qayd etdi.

– Jahon tamadduni rivojiga benazir hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir olimlar yurtining turizm elchisi unvoniga sazovor bo‘lganimdan faxrlanaman, - dedi professor  Abdulhadi al-Qasabiy.

Taʼkidlash joiz, maʼmuriy fanlar doktori Abdulhadi al-Qasabiy parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega “Misrni qo‘llab-quvvatlash” koalitsiyasi rahbari hamda Misr Sufiy tariqatlar Oliy kengashi raisi sifatida faoliyat yuritadi.

Muloqot chog‘ida 2018-yilning sentyabr oyida Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisiyning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi va ushbu tashrif doirasida imzolangan hujjatlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yana-da yuqori pog‘onaga ko‘targani alohida taʼkidlandi.

“Ayni paytda davlatlarimiz o‘rtasida ko‘ptomonlama hamkorlikni, xususan  iqtisodiyot, sarmoya, savdo, turizm, madaniyat, sport va boshqa sohalarda rivojlantirish uchun muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Misr Prezidentining Toshkentga amalga oshirgan davlat tashrifidan so‘ng Misr bosh imomi Al-Azhar shayxi professor Ahmad at-Tayib O‘zbekistonda bo‘lib, mamlakat rahbariyati bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

Shu kunlarda O‘zbekiston talabalari uchun Al-Azhar taʼlim muassasalarida grantlar miqdorini oshirish masalasi muhokama qilinmoqda va u yaqinda ijobiy hal bo‘lishiga ishonchim komil”, - dedi misrlik olim.

Uchrashuv parlament saytida, shuningdek, “Al-Jumhuriya”, “Axbar al-youm”, “Ruz al-Yusef”, “Al-Balad”, Al-Vatan”, “Elgornal.net” va boshqa ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться