O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ertadan “InnoWeek.uz” innovasion g‘oyalar haftaligi boshlanadi

2020-11-02 | Innovatsiya

Bugun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 3-8 noyabr kunlari o‘tkaziladigan “InnoWeek.uz” Innovatsion g‘oyalar haftaligi arafasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur haftalik ilk bor “onlayn” platforma orqali o‘tkaziladi. “InnoWeek.uz-2020” Innovasion g‘oyalar haftaligida 30 dan ziyod mamlakat, nufuzli xalqaro tashkilot va kompaniyalar vakillari, Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlarning ilm-fan va innovasiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislari qatnashadilar.
 
“InnoWeek.uz-2020” Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Xalqaro innovatsion-investitsion forum, Xalqaro innovatsion ko‘rgazma, Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa, Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi (OTTTM) bilan hamkorlikda mintaqaviy seminar, Xalqaro yoshlar innovatsion forumi, Yevropa Ittifoqining “Evropa ufqlari” ekspertlari ishtirokida vebinar, “Ishlanmalar banki” platformasi taqdimoti, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash va “Ilm-fan va taraqqiyot” mavzuidagi eng yaxshi publisistik maqolalar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
 
Mazkur haftalikda ishtirok etish uchun InnoWeek.uz onlayn platformasiga kirish kifoya. Xalqaro innovatsion ko‘rgazmaning “onlayn” platformasida mamlakatimiz va dunyoda yaratilayotgan ilg‘or ishlanmalar bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz. Xalqaro innovasion ko‘rgazmaning “onlayn” platformasida  83 ta stend bo‘lib, shundan 30 tasi chet el kompaniyalarining stendlari hisoblanadi.
 
Xalqaro innovatsion ko‘rgazmaning “onlayn” platformasi quyidagi 6 ta blokdan tashkil topgan bo‘lib, A-blokda Innovatsion rivojlanish vazirligi, hamda uning tizimdagi tashkilotlari va mamlakatimizning yirik kompaniyalarining stendlari joylashgan. B-blokda ishlab chiqarish sohasiga mansub korxona va tashkilotlar hamda C-blokda sog‘liqni saqlash va sanoat sohasida faoliyat  yurituvchi tashkilotlar stendlari joy olgan. Oliy ta'lim muassasalari va Ilmiy tadqiqot institutlarining stendlari bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, D-blokka kirishingiz talab etiladi. E-blokda Axborot texnologiya va yuqori texnologiyalar sohasiga oid kompaniyalarning stendlari bilan tanishishingiz mumkin. Qishloq va suv xo‘jaligi, Qurilish va arxitektura, hamda boshqa sohalarga tegishli bo‘lgan tashkilotlarning ilg‘or texnologiyalarga asoslangan mahsulot va xizmatlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar F-blokda jamlangan.
 
Batafsil ma'lumotni www.innoweek.uz saytidan olishingiz mumkin.

Manba: «Yangi O"zbekiston»

Поделиться