O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tadbirkorlari va eksportchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi o‘rganildi

2020-11-02 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 29-oktabridan 31-oktabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi vazirlik, idora, sanoat birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarini jalb qilgan holda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida tadbirkorlar va eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ish olib bordi.

Ish davomida korxona va ob'ektlarga bevosita chiqish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning may-iyun oylarida Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar bajarilishining monitoringi olib borildi va ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi o‘rganildi, dolzarb muammolar aniqlanib, ularni hal etish algoritmlari ishlab chiqildi. Bundan tashqari, joylarda aniqlangan muammolarni hal etish uchun tegishli idoralar va tarmoq tashkilotlarini jalb qilgan holda topshiriqlarning ijro muddatlari hamda ijrosiga mas'ul rahbarlar belgilandi.
 
Shuningdek, uchala viloyatda eksport va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi faoliyati davomida berilgan ko‘rsatmalar va belgilangan amaliy chora-tadbirlar bajarilishi ham o‘rganildi. Joylarda sanoatni rivojlantirishni faollashtirish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, sanoat klasterlari va erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, shuningdek, eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar ko‘rib chiqildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlarning yalpi hududiy mahsulot, sanoat ishlab chiqarish hajmlari va davlat byudjetiga tushumlarining o‘sishi hamda mahalliy aholini ish bilan ta'minlashga ta'siri baholandi.
 
Eksportchilar va investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni yuqori sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun yechimi topilishi zarur bo‘lgan masalalarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
 
 
Yangi ishlab chiqarish ob'ektlarini tashkil etish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha vazirlik, idora, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining muvofiqlashtirilgan faoliyati asosiy ustuvorlik sifatida qayd etildi.
 
Aynan shu formatda ish olib borish qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishni ta'minlash va ayni vaqtda sezilarli natijalarga erishish imkonini berayotgani ta'kidlandi - hududlarda ilgari ishlamay turgan korxonalar va yangi sanoat obyektlari ishga tushirilmoqda, ishlab chiqarishning yangi yo‘nalishlari o‘zlashtirilmoqda. Jumladan, ish safari davomida Hukumat komissiyasi a'zolari bir qator ishlab chiqarish korxonalarining ochilishida ishtirok etdilar. Masalan, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida issiqxona konstruksiyalarini qurishga mo‘ljallangan yuqori kuchlanishli o‘t oldirish simlari va metall quvurlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali “Agro Impex Valley” korxonasi ochildi. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining tezkor harakatlari bilan ushbu korxonaning o‘z vaqtida ishga tushirilishi ta'minlandi.
 
Hukumat komissiyasi olib borgan ishlar yakunida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari tuman va shaharlarida iqtisodiy o‘sishning eng muhim nuqtalaridan biri va aholi bandligini ta'minlashning asosiy manbai hisoblangan tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor aniqlash va hal etishning barqaror mexanizmlarini shakllantirish va amalga oshirish borasida izchil ishlarni olib borish zarurligi ta'kidlandi.
 
Topshiriqlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib borish vazifasi Bosh prokuratura zimmasiga yuklatildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться