O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qashqadaryodan mazali va totli uzumlar eksportga jo‘natilmoqda

2020-10-25 | Iqtisodiyot

Aytish joizki, Qashqadaryoda ham uzumchilik tarmog‘i keng quloch yoygan, dehqonlarimiz tok parvarishlashning intensiv usullarini qo‘llash, serhosil navlarni yetishtirishda ilg‘orlik namoyon etishmoqda.

Tegishli dasturlar asosida hududdagi tokzorlar maydoni yanada kengaytirilmoqda, sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jaliklar esa har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda, ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlab borilayapti. Yangi tokzorlarni barpo etishda hududning iqlimi, tuproq unumdorligi e'tiborga olinmoqda.
 
Ahamiyatlisi, lalmi yerlarda ham uzumchilik bilan shug‘ullanish borasida katta tajriba to‘plangan. Yuqori hosildor va eksportbop mahsulotlar yetishtirilmoqda. Bu esa ichki bozorni to‘ldirish bilan birga, ortgan mahsulotlarning xorijga chiqarilayotgani esa viloyatimiz eksport salohiyati yuksalishiga sharoit yaratmoqda.
 
Har bir boshi marvarid shodasidek, mazasi tilyorar uzumlarimiz chet ellarda sevib iste'mol qilinadi. Mahsulotni sotib olish istagida bo‘lgan talabgorlar ko‘plab topiladi. Bu esa o‘z mahsulotini xorij bozoriga yetkazib berishni maqsad qilgan yurtimiz sohibkorlari uchun ayni muddaodir. Ma'lumotlarga ko‘ra joriy yilning yanvar'-sentyabr' oylarida viloyat bojxona boshqarmasi tasarrufidagi bojxona postlari orqali vohamiz tadbirkorlari tomonidan 229 tonna uzum eksportga chiqarildi. Mazkur jarayonda 10 dan ziyod eksportchi korxona ishtirok etgani ahamiyatlidir. Ularning orasida “Food Experts” MChJ ham bor.
 
– Ayni vaqtga qadar rossiyalik hamkorlarimizga sara va eksport talabiga mos 101 tonna uzum yetkazib berdik, – deydi ushbu jamiyat direktori Sanjar Husanov, – Xorijlik hamkorlarimiz bilan meva-sabzavot oldi-sotdisi bo‘yicha manfaatli kelishuvlar imzolaganmiz. Mahsulotlardan uzum, xurmo, anor, limon yetkazib bermoqdamiz.
 
Qayd etish joiz, har qanday mamlakat iqtisodiy qudrati uning jahon bozoridagi ishtirokiga, eksport salohiyatiga qarab baholanadi. Shu bois mamlakatimizda ham xorijga mahsulot chiqarish ko‘lamini oshirish, bu boradagi imkoniyat va resurslardan to‘laqonli foydalanish masalasi ustuvor ahamiyat kasb etayapti. Shunga hamohang mahalliy ishlab chiqaruvchilarni eksport faoliyatiga jalb etish, tashqi savdo bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan ishbilarmonlarga ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda, soha vakillariga bisyor yengilliklar taqdim etilayapti.
 
– Yaratilgan yengilliklar o‘z samarasini ko‘rsatmoqda, buni viloyatimiz eksport hajmi ortayotgani misolida ham ko‘rish mumkin, – deydi viloyat bojxona boshqarmasi katta inspektori To‘lqin Qambarov. – Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida chet davlatlariga umumiy qiymati
152,9 million AQSh dollarilik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi oshgan. Muhimi ushbu faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub'ektlari soni ham ko‘paygan. Shuningdek, ushbu davr mobaynida chet elga viloyatdan vazni 10 ming tonna meva-sabzavot eksportga rasmiylashtirildi. Xaridorlar orasida Rossiya va qo‘shni davlatlar yetakchi. Ayni kunlarda esa vohada yetishtirilgan uzum, xurmo, olma kabi sarxil va xushta'm mevalar eksporti jadal davom etmoqda.
 
Yurtimiz zamini saxovatli, tuprog‘imizda ungan noz-ne'matlar borki, bari sarhil, ekologik toza, juda totli va ko‘plab foydali xususiyatlarni o‘zida jamlagan. Shuning uchun ushbu mahsulotlarning qadri baland, xaridori ko‘p. Qishloq xo‘jaligi rivojiga qaratilayotgan e'tibor sabab esa nafaqat bozorlarimiz to‘kinligi ta'minlanayapti, balki ichki iste'moldan ortgan meva-sabzavot va uzumni xorijga sotish imkoni mavjud. Bu imkoniyatdan unumli foydalanish mamlakatimiz iqtisodiyoti rivoji, xalq farovonligi yuksalishiga har tomonlama xizmat qiladi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться