O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya Respublikasi Importchilari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi

2020-10-23 | Iqtisodiyot

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, Janubiy Koreya importchilari assotsiatsiyasi (KOIMA) raisi Xong Kvan Xi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Kan Chje Kvon o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘limi boshlig‘i Shohrux Rahimov va vazirlik huzuridagi Eksportni rivojlantirish agentligi departamenti rahbari Murod Rahimov ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, Janubiy Koreya bozoriga o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirish orqali o‘zaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha vazirlik, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va KOIMAning birgalikdagi faoliyatini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi.

KOIMA raisi Xong Kvan Xi Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In tashabbusi bilan amalga oshirilgan «Yangi Shimoliy siyosat»da O‘zbekiston muhim o‘rin tutishini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, «Koreya Respublikasi rahbariyati va hukumati o‘zbek tomoni bilan barcha yo‘nalishlarda, birinchi navbatda, investitsiya va savdo sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish va sifat jihatdan mustahkamlashga katta ahamiyat beradi. Xususan, Bosh vazir o‘rinbosari Xong Nam-Ki O‘zbekiston bilan hamkorlikka doimo katta qiziqish bildirmoqda va mamlakat tegishli vazirlik va idoralari oldiga aniq vazifalar qo‘ymoqda» dedi u.

Bundan tashqari, Erkin savdo shartnomasini imzolash bo‘yicha muzokaralar jarayonini erta boshlash bo‘yicha ikki hukumat o‘rtasida olib borilayotgan ishlar ahamiyati qayd etildi.

Xong Kvan Xining so‘zlariga ko‘ra, ushbu hukumatlararo hujjat bo‘yicha kelishuvga erishish, o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmini sezilarli darajada kengaytiradi va o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari uchun Janubiy Koreya bozorini ochadi. Janubiy Koreya tomoni o‘zbekistonlik sheriklariga Janubiy Koreya bozoriga yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan yuqori sifatli eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun innovatsion texnologiyalarni taqdim etishga tayyor.

Hozirgi kunga qadar Janubiy Koreya bozorida o‘zbek mahsulotlarini ommalashtirish maqsadida KOIMA veb-saytida O‘zbekistonning yetakchi eksportchilari va ular mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirilmoqda. Ushbu ma’lumotlar o‘zbek kompaniyalarining tijorat takliflari asosida doimiy ravishda to‘ldirilib boriladi.

Elchi Kan Chje Kvon O‘zbekiston «Yangi Shimoliy siyosat» doirasida Koreya Respublikasi uchun ustuvor davlat ekanini va ikki davlat hukumatlari iqtisodiyotning barcha jabhalarida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha doimiy hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi. Savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tomonlar standartlar va sertifikatlash, o‘simliklar karantini, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro aloqalarni o‘rnatdi, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida O‘zbekistonga yordam ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston tomoni respublikaning eksport salohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni taqdim etish bilan birga KOIMA bilan hamkorlikni rivojlantirishning aniq yo‘nalishlarini taklif qildi. Ushbu sohalarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yirik savdo kompaniyalari va Janubiy Koreyaning aholisini o‘zbek kompaniyalari mahsulotlari to‘g‘risida keng xabardor qilish va shu orqali ularning O‘zbekistondan yetkazib berish hajmini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini yaratishi ta’kidlandi. Qisqa vaqt ichida aniq natijalarga erishish va videokonferensiya formatida fikr almashish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться